Axborot va ommaviy kommunikatsiya sohasida ekspert komissiyasi O‘zbekistonga olib kirish, nusxa ko‘chirish va tarqatish tavsiya etilmaydigan xorijiy filmlar ro‘yxatini tasdiqladi, deb xabar qildi Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati.

Ro‘yxatdan syujetida zo‘ravonlik, shafqatsizlik, vahshiylik, behayolik, narkotik va psixotrop moddalar, alkogol va tamaki mahsulotlari iste’molini, shuningdek ahloqiy buzuqlik, yengiltabiatlik, shahvoniy nafsga erk berish, besoqolbozlik, svingerlikni targ‘ib qiluvchi sahnalar bo‘lgan 225 ta xorijiy kinofilm o‘rin olgan.

Ro‘yxatdan «La’nat», «Astral», «Juda qo‘rqinchli kino», «Arra», «Tepaliklarning ko‘zlari bor», «Yovuzlik maskani» va boshqa film hamda seriallar o‘rin olgan (to‘liq ro‘yxat rus tilida).