2018 yil 1 yanvardan boshlab yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalarining jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan yengil avtotransport vositalarini (yuk, yo‘lovchi va maxsus transport vositalaridan tashqari) majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish funksiyasi tadbirkorlik sub’ektlari — yuridik shaxslarga o‘tkaziladi. Bu Prezidentning 11 iyuldagi yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Taqdim etilayotgan xizmatlar uchun qayd qilingan narxlarni belgilash rejalashtirilgan. Bu kabi xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarning ichki ishlar organlari bilan hamkorlik qilishi bo‘ycha talablar ham ishlab chiqiladi.

Kelgusi yildan boshlab texnik ko‘rikdan o‘tish ustidan nazoratning elektron tizimini joriy etish ko‘zda tutilgan.