7 iyul kuni erta tongda Toshkentning «Birodarlik qabristoni» majmuasi hududida 7 yoshli Murodjon yo‘qolib qolgan. Yakkasaroy tuman IIB bolani izlash bilan shug‘ullanmoqda. Murodjonning ota-onasi bolani ko‘rganlar ehtimoli ortishi uchun u haqdagi axborotni tarqatishni so‘rab murojaat qilishdi.

Murodjon autizmga chalingan. Bolaning amakisi Fazliddin Yusupovning «Gazeta.uz"ga xabar berishicha, oldin u ko‘chaga faqat ota-onasi bilan chiqqan. Bunday holat ilk marta bo‘lgan.

Murodjon pastga birinchi qavatdagi derazadan parda orqali tushgan bo‘lishi mumkin. U uyni tark etganligining aniq vaqti ma’lum emas, ertalab soat 5 da u uyda yo‘q bo‘lgan.

Farzandi autizmga chalingan boshqa bir ota Farhod Ortiqboyevning bolani qidirish haqidagi Faceebok’dagi xabarga qo‘shimcha qilishicha, bunday bolalar boshqa bolalar kabi hech kimdan yordam so‘ramaydi, ular yig‘lamaydi va boshqalar bilan muloqotga kirishmaydi. Ularni har kim qo‘lidan tutib, olib ketishi mumkin.