2018 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda avtotransport vositalaridan foydalanish va (yoki) egalik qilish, ijara shartnomalari, beg‘araz foydalanish, garov, lizing huquqlari uchun ishonchnomalarni yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalariga taqdim etish haqidagi talab bekor qilinadi.

Bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning 11 iyuldagi mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarorida ko‘zda tutilgan.

Ichki ishlar organlari yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari ishonchnomalarni elektron shaklda notariuslardan oladi.