11−12-iyul kunlari Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, mehmon O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.

Turkmaniston delegatsiyasining tashrif dasturidan Hukumatda va Tashqi ishlar vazirligida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.