Toshkentning Shayxontohur tumanidagi 47-oilaviy poliklinikada elektron navbat tizimi joriy etildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.

Mijoz rejali tekshiruvdan o‘tishi uchun oldindan — telefon orqali yoki elektron shaklda (ma’lumotlar fuqarolarga tashrif buyurganda taqdim etiladi) shifokor qabuliga yozilishi mumkin. Shifoxonada Wi-Fi hudud ham mavjud.

Yaqin vaqtlarda elektron ambulator kartalar ham joriy etiladi. «Ma’lumotlar bazasiga 18 ming kishining ism-sharifi kiritildi, yana 8000 fuqaro qoldi», — deya aniqlik kiritdi vazirlik «Gazeta.uz"ga.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev may oyida Shayxontohur tumaniga tashrif buyurganida, bu yerda namunali oilaviy poliklinika yaratishni taklif qilgan edi.