O‘zbekistonlik professional bokschi Qudratillo Abduqahorov (12−0−0, 8 KO) Jahon boks kengashi WBC talqini bo‘yicha jahon chempionligi «kumush» titulni himoya qildi. Qo‘rg‘ontepalik bokschi 9 iyul kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi DIV arenasida ringga ko‘tarildi.

23 yoshli sportchi rossiyalik Dmitriy Mixaylenko (22−2−0, 10 KO) bilan jang olib bordi. Jang tomoshabop, hodisalarga boy kechdi. Birinchi uch raundda bokschilar qariyb teng harakat qilishdi. Biroq keyin Mixaylenko o‘zini charchagan his etib, tez-tez xatoga yo‘l qo‘ya boshladi. Abduqaharov esa faollashdi va yanada aniqroq zarbalar berdi.

Besh raund yakunida raqiblar bosh bilan to‘qnashib ketib, rossiyalik ko‘zi ostidan jarohat oldi. Abduqaharov bir ochko jarimaga solindi, biroq shunga qaramasdan o‘zbekistonlik bokschi yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan g‘olib deb topildi — 117/110, 116/111 i 116/114.

Hozirda Qudratillo Abduqaharov WBC (7), WBA (8) va IBF (10) jahon tashkilotlarining top-10 reytingidan joy olgan. BoxRec reytingi bo‘yicha yarim o‘rta vaznda dunyoning eng yaxshi 15 bokschi qatorida. Xuddi shu ro‘yxatdan Jeff Xorn (1), Kit Turman (2), Menni Pakyao (3), Denni Garsiya (4) va boshqalar joy olgan.

Video