Shavkatjon Abdurazakov Namanganning yangi hokimi etib tayinlandi, deb xabar qildi Namangan viloyat hokimiyati matbuot xizmat. Qaror Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida qabul qilindi.

Tayinlovga qadar Shavkatjon Abdurazakov O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi departament mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

2013 yildan buyon Bahodir Bekxodjayev Namangan hokimi edi. 7 iyul kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qator sohalarda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun Bahodir Bekxodjayev egallab turgan lavozimidan ozod etilishi haqida ma’lum qilgan edi.