Joriy yil Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tatbiq etilgan abituriyentlarni biometrik identifikatsiyadan o‘tkazish tizimi o‘z samarasini berdi, deb xabar qilindi OTM saytida.

5 iyul kuni 450 nafar abituriyent uchun Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakultetiga test imtihonlari o‘tkazildi. Unda 16 nafar shaxs o‘zlarini ro‘yxatdan o‘tgan abituriyent sifatida ko‘rsatib tizimni aldamoqchi bo‘ldi. Ularning ba’zilari imtihon jarayoniga harbiy libosda kirib olmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi.

TATU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Fayzulla Agzamovning «Gazeta.uz"ga xabar berishicha, qonunbuzarlar poytaxtning Yunusobod IIBga topshirilgan.