7−11 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Erondan Turkmaniston orqali issiq va quruq havo oqimining kirib kelishi davom etadi. Bu haqda O‘zgidromet «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Respublika bo‘ylab juda issiq ob-havo saqlanib qoladi, harorat ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 4−6 daraja yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari harorat:

  • 7−8 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida;
  • 7−9 iyul kunlari Buxoro va Navoiy viloyatlarida;
  • 7−10 iyul kunlari Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +44…+45 darajagacha ko‘tariladi, garmsel ehtimoli mavjud.

7−11 iyul kunlari Farg‘ona vodiysi viloyatlarida +38…+43 darajagacha harorat kuzatiladi.

Havo haroratining yuqoriligi 7−11 iyul kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida Qirg‘iziston hamda Tojikiston hududidan muzlarning ko‘p miqdorda erishidan hosil bo‘luvchi sel oqimlarini vujudga keltirishi mumkin.

8 iyul uchun ob-havo bashorati

(7 iyul 20:00 dan 8 iyul 20:00 gacha)

Toshkent

Havo bir oz o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +25…+27, kunduzi +42…+43 daraja atrofida bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo bir oz o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi (Farg‘ona vodiysida — 5−10 m/s). Harorat kechasi +22…+27, kunduzi +38…+43 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondayo viloyatlari

Havo bir oz o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +25…+30, kunduzi +40…+45 daraja atrofida bo‘ladi.

Mamlakatning tog‘li hududlari

Havo bir oz o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +15…+20, kunduzi +28…+33 daraja atrofida bo‘ladi.

Bir necha kunlik ob-havo bashorati