21 iyuldan Toshkentda markaziy isitish va issiq suv tariflari oshiriladi, deb xabar qildi «Toshissiqquvvati» korxonasi.

Aholi uchun issiq suv ta’minoti uchun yangi tarif hisoblagich bo‘lgan taqdirda bir kub metr suv uchun 3915,9 so‘m (hozirda — 3736,92 so‘m, o‘sish — 4,8 foiz), hisoblagich mavjud bo‘lmaganda oyiga kishi boshiga 15292,52 so‘m (umumiy dushli yotoqxonalarda — kishi boshiga 11376,16 so‘m, hozirda — 10856,2 so‘m) etib belgilandi.

Markazlashgan isitish tarifi isitiladigan maydonning har bir kvadrat metri 1263,35 so‘mdan 1323,86 so‘mga oshiriladi.

Bunga qadar issiq suv va isitish tariflari 2016 yilning oktyabrida oshgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 21 iyuldan sovuq suv ta’minoti tariflari ham oshiriladi.