O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5 iyul kuni Vohid Ismoilovni boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qildi.

Bir kun muqaddam iqtisodiy rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda Prezident agentlik faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarurligini va uning rahbariyatini egallab turgan lavozimiga nomunosib ekanini ta’kidlagan edi.

Vohid Ismoilov 2013 yilda O‘zADTA boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.