O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 5 iyuldagi farmoniga muvofiq, Muzaffar Saliyev Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari saytida xabar qilindi.

Bunga qadar u mudofaa vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi davlat rahbarining apreldagi farmoni bilan tashkil etilgan. Birinchi vazir Erkin Iskandarov «boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan» vazifasidan ozod qilindi.

4 iyul kuni Prezident tomonidan o‘tkazilgan yig‘ilishda vazirlik rahbariyati tomonidan yo‘l qo‘yilgan «jiddiy kamchiliklar» to‘g‘risida so‘z borgan edi.