«Suvsoz» korxonasi Toshkentda 21 iyuldan sovuq suv uchun tariflar oshirilishi to‘g‘risida ma’lum qildi. Yangi narxlar 4 iyul kuni poytaxt hokimiyati tomonidan tasdiqlandi.

Aholi uchun bir kub metr sovuq suv 180 so‘mdan 190 so‘mga (1,5 koeffitsiyent bilan — 270 so‘mdan 285 so‘mga), kanalizatsiya xizmatlari — 115 so‘mdan 155 so‘mga oshirildi.

Markazlashtirilgan issiq suv ta’minotiga ulangan ko‘p qavatli uylardagi kvartiralarda hisoblagich bo‘yicha 1 kub metri 500 so‘mni tashkil etadi (hozirda — 410 so‘m), markazlashtirilmagan issiq suv ta’minotida esa 345 so‘m (hozirda — 295 so‘m) etib belgilandi.

Xususiy sektorda kanalizatsiya tizimiga ulangan uylarda bir kub metr suv 295 so‘mdan 345 so‘mga oshirilgan bo‘lsa, kanalizatsiyasiz uylarda 180 so‘mdan 190 so‘mga oshirildi.

«Suvsoz» saytida tariflar reyestri

Bunga qadar sovuq suv uchun tariflar o‘tgan yilning 1 oktyabridan oshirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 15 iyuldan elektr energiyasi va gaz tariflari ham oshiriladi.