O‘zbekiston Kollektiv xavfsizlik Shartnomasi tashkilotiga a’zolikni qayta tiklash masalasini ko‘rib chiqayotgani yo‘q, deya ma’lum qildi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 5 iyul kuni vatandoshlar bilan to‘g‘ridan-To‘g‘ri muloqot chog‘ida.

«Istiqbolda ham mazkur masalani muhokama qilish yoki uni qayta ko‘rib chiqish rejasi yo‘q», — deya ta’kidladi tashqi siyosat mahkamasi rahbari. O‘zbekiston o‘z konsepsiyasida hech qanday harbiy-siyosiy blokka qo‘shilmaslik — tahr.) sodiq qoladi, dedi u.

Abdulaziz Kamilov mazkur masala O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga davlat tashrifi vaqtida ham muhokama qilinmaganini qo‘shimcha qildi.

O‘zbekiston 2012 yilda KXSHT faoliyatidagi ishtirokini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi.

KXSHT 1992 yil 15 mayda MDHga a’zo davlatlar tomonidan imzolangan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi asosida tashkil etilgan. Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston uning a’zolari sanaladi.