Qirg‘iziston 16 iyundan buyon O‘zbekistonga elektr energiyasi yetkazib bermoqda. 4 iyul holatiga ko‘ra 192,5 million kVts yetkazib berildi, deya xabar qildi Qirg‘iziston Milliy energoxoldingi matbuot xizmati.

«O‘zbekenergo» va «Elektrik stansiyalar» kompaniyalari o‘rtasida 15 iyunda tuzilgan shartnomaga muvofiq, O‘zbekistonga 1,25 milliard kVts elektr energiyasi yetkazib beriladi.