O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 iyuldagi farmoni bilan 70 yoshini nishonlayotgan Mirabror Usmonovni «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi.

Mirabror Usmonov — taniqli davlat va sport arbobi. 1990—1992 yillarda O‘zbekiston savdo vaziri bo‘lgan, 1992—1994 yillarda esa «O‘zbeksavdo» kompaniyasiga rahbarlik qildi. 1994—2005 yillarda bosh vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.

2006 yildan O‘zbekiston Futbol federatsiyasi prezidenti. 2013—2016 yillarda bir vaqtning o‘zida Milliy olimpiya qo‘mitasiga rahbarlik qildi.

2005 yildan senator, ayni paytda — Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.

Mirabror Usmonov «Mehnat shuhrati» (1995 yil), «Fidokorona xizmatlari uchun» (2007) va «El-yurt hurmati» (2011) ordenlari sohibi. Bundan tashqari, u Osiyo Olimpiya kengashining «Oltin orden» va FIFAning «Xizmatlari uchun» mukofotlariga loyiq topilgan.