O‘zbekiston Penchak-silat federatsiyasi 9 sentyabr kuni Toshkentda silat bo‘yicha Asian Fight 2017 xalqaro shou-musobaqasini o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Tadbirda jahon yulduzlari — aktyor Jan-Klod Van Damm, aralash yakkakurashlar jangchilari Fedor Yemelyanenko va Jeff Monson, shuningdek didjey Armin van Byuren mehmon sifatida ishtirok etishi mumkin, deb xabar qildi federatsiya prezidenti Aziz Jo‘raboyev «Gazeta.uz"ga.

«Musobaqani o‘tkazish to‘g‘risida axborot tarqatayotgan OAVlar bizning tasdig‘imizni olishgani yo‘q. Biz har bir mehmon bilan muzokaralar olib bormoqdamiz, biroq ularning tashrif buyurishi oxirigacha tasdiqlangani yo‘q. Aniq ma’lumotlar bir hafta davomida oydinlashadi. Hozirda biz hukumatdan hodisani o‘tkazishga ijozatni kutayapmiz, shundan so‘ng musobaqa o‘tkazilishi to‘g‘risida rasman ma’lum qilish mumkin bo‘ladi», — dedi Aziz Jo‘raboyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston sportchilari va boshqa davlatlar vakillari o‘rtasida professional silat qoidalari bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etish rejalashtirilgan.

Tadbirning «Bunyodkor» stadionida o‘tkazilishi kutilmoqda. «Biz muzokaralar jarayonidamiz», — deya qayd etdi Aziz Jo‘raboyev.