4 iyul kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi Toshkent-Issiqko‘l-Toshkent charter reysini amalga oshirdi, deb xabar qildi MAK matbuot xizmati.

Mazkur yo‘nalish bo‘yicha charter parvozlari 29 avgustga qadar haftada bir marta seshanba kuni Boeing-757 avialaynerlarida amalga oshiriladi.

Aprelda MAK rahbariyati hamda Qirg‘iziston Madaniyat, axborot va turizm vazirligi vakillari uchrashuvida Issiqko‘lga charter reyslarini amalga oshirish to‘g‘risidagi kelishuvga erishilgan edi.