2 iyul kuni Toshkentda sakkizta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar qildi poytaxt IIBB. Mazkur hodisalarda ikki kishi halok bo‘ldi, to‘qqiz kishi tan jarohatini oldi.

Shu kuni shahar IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan 2701 ta qoidabuzarlik aniqlandi. Ularning 858 tasi qo‘pol qoidabuzarlik bo‘lsa, 35 vaziyatda mast holatda avtomobil boshqarilgani ma’lum bo‘ldi.

IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2 iyul kuni jami 882 ta qoidabuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 449 tasini svetoforning ta’qiqlovchi chirog‘iga bo‘ysinmasdan harakatlanish, 433 tasini belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.