O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bavariya federal yerida yo‘lovchi avtobusining yo‘l-transport hodisasi qurbonliklarga sabab bo‘lgani munosabati bilan Germaniya Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga hamdardlik bildirdi.

«Bavariya yerida yo‘lovchi avtobusi yo‘l-transport hodisasiga uchragani oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jabrlangani haqidagi xabar meni chuqur qayg‘uga soldi», — deya qayd etiladi maktubda.

«Chuqur ta’ziya izhor etaman, halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman, jabrlanganlarning barchasi tezroq sog‘ayib ketishini tilayman», — deyiladi unda.

Dushanba kuni ertalab A9 shossesida avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Natijada 18 kishi, jumladan avtobus haydovchisi halok bo‘ldi.