Toshkent shahar IIBB alimentlarni to‘lamagani uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslar ro‘yxatini o‘z saytida e’lon qildi. Ro‘yxatdan 31 nafar erkak va bir ayolning ism-sharifi va fotosuratlari o‘rin oldi.

O‘zbekiston Oila kodeksiga muvofiq, ota-onalar o‘zlarining voyaga yetmagan farzandlariga g‘amxo‘rlik qilishga majburdirlar. Ixtiyoriy ravishda o‘z majburiyatlarini bajarmagan ota-onalardan aliment undirib olinadi.