O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Tataristonda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

«Tataristonda yo‘lovchi avtobusi ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida ko‘p soni insonlarning havol bo‘lgani va jarohatlangani to‘g‘risidagi xabarni chuqur qayg‘u tuyg‘ulari bilan qabul qildim», — deyiladi maktubda.

Shavkat Mirziyoyev halok bo‘lganlarning qarindosh va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini bildirib, jarohat olganlarning tezda tuzalib ketishini tiladi.

2 iyulga o‘tar kechasi Tataristoning Zainsk shahridan 9 km uzoqlikda «KamAZ» yuk mashinasi va «Neoplan» yo‘lovchi avtobusi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Avtobusda 29 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, avariyada 14 kishi vafot etdi.