3−9 iyul kunlari O‘zbekiston hududiga Trukmaniston orqali Erondan issiq va quruq havo oqimining kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar qildi «O‘zgidromet» «Gazeta.uz"ga.

O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 4−6 daraja yuqori bo‘ladi. Kunduz kunlari harorat +38…+43 darajaga qadar isiydi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa +44…+45 darajagacha ko‘tariladi, garmsel ehtimoli bor.

Havo harorati ko‘tarilishi munosabati bilan 3−9 iyul kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘ hududlarida Tojikiston va Qirg‘izistondan muzlarning erishidan hosil bo‘lgan sel oqimlari kuzatilishi mumkin.

4 iyul uchun ob-havo bashorati

(3 iyul 20:00 dan 4 iyul 20:00 gacha)

Toshkent

Vaqti-vaqti bilan bir ozdan havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Sharqiy shamol 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +22…+24, kunduzi +38…+40 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdayor viloyatlari

Vaqti-vaqti bilan bir ozdan havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +22…+27, kunduzi +38…+43 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari

Vaqti-vaqti bilan bir ozdan havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +23…+28, kunduzi +40…+48 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari

Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Sharqiy shamol 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +22…+27, kunduzi +36…+41 daraja bo‘ladi.

Mamlakatning tog‘li hududlari

Vaqti-vaqti bilan bir ozdan havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar bo‘lmaydi. Sharqiy shamol 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12…+17, kunduzi +22…+27 daraja bo‘ladi.

Bir necha kunlik ob-havo bashorati.