Tohirjon Jalilov «O‘zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi raisi etib tayinlandi. Kompaniyaning avvalgi rahbari Odiljon Rustamov O‘zbekiston Prezidenti raisligida bo‘lib o‘tgan eksport masalalariga bag‘ishlangan yaqindagi yig‘ilishdan so‘ng o‘z vazifasini tark etdi.

Tohirjon Jalilov (1969 yilda tug‘ilgan) ko‘p yillar davomida milliy avtomobilsozlik sanoati sohasida faoliyat ko‘rsatdi. Tayinlovga qadar «O‘zavtosanoat» kompaniyasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. Toshkent texnika universiteti bitiruvchisi (1993 yil).