Toshkentdagi Akmal Abdurahmonov 28 iyun kuni Yunusobod tumanining Qoshg‘ar mavzesida (S-4) tengdoshlari tomonidan kaltaklanganidan so‘ng vafot etdi.

Yosh o‘smirning vafoti to‘g‘risidagi axborot dastlab Facebook ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘ldi. Guvohlarning yozishicha, o‘zaro janjallashayotgan yoshlar tezda ajratib qo‘yilgan. Ichki ishlar organlari va tez tibbiy yordam xodimlari tezda yetib kelishdi. Biroq Akmalning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi.

Toshkent shahar IIBBdan aniqlik kiritilishicha, sodir bo‘lgan hodisa bo‘yicha Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bo‘yicha (og‘ir tan jarohatini yetkazish) jinoiy ish ochilgan. Biroq Akmal Respublika neyrojarrohlik ilmiy markazida vafot etganidan so‘ng ish 104-modda 3-qismi (jabrdiydaning o‘limiga olib kelgan tanaga og‘ir jarohat yetkazilishi) bo‘yicha qayta toifalangan.

«Yunusobod tuman Ichki ishlar bo‘limi Tergov-surishtiruv guruhi mazkur ish bo‘yicha tergov ishlarini olib bormoqda. Gumondorlar ism-sharifi va soni tergov manfaatlari va guvohlar xavfsizligi nuqtai nazaridan hozircha ma’lum qilinmaydi», — deya xabar qildi IIBB vakili «Gazeta.uz"ga.

Eslatib o‘tamiz, JKning xuddi shu moddasi bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlari iyun oyi avvalida Borovskiy nomidagi Toshkent tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibragimov o‘limi bo‘yicha ham olib borilmoqda.