«O‘zbekenergo» kompaniyasi 15 iyuldan elektr energiyasi uchun tariflar oshirilishi to‘g‘risida ma’lum qildi. Yangilangan tariflar reyestri 29 iyun kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlandi. Tariflarning qayta ko‘rib chiqilishiga yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining oshgani sabab qilib keltirildi.

Aholiga yetkazib berilayotgan 1 kVts elektr energiyasi 191 so‘mdan 204,3 so‘mga, elektr plitalari bilan jihozlangan turar-joylarda yashovchi aholi uchun esa 95,5 so‘mdan 102,15 so‘mga oshirildi (o‘sish — 7 foizga yaqinroq).

Elektr energiyasi va boshqa kommunal xizmatlar uchun tariflar so‘nggi bor oktyabrda oshgan edi.

15 iyuldan tabiiy gaz uchun tariflar ham oshirildi.