«O‘zbekneftgaz» kompaniyasi 15 iyuldan aholiga yetkazib berilayotgan tabiiy gaz narxi 7 foizga qimmatlashishini ma’lum qildi. 29 iyun kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi narxlarning yangi reyestrini tasdiqladi.

Kelgusi oydan boshlab hisoblagich bo‘lgan holatda 10 kub metr tabiiy gaz narxi 2634 so‘m etib belgilandi (hozirgi narx — 2461,2 so‘m, o‘sish — 7%).

Hisoblagich bo‘lmagan taqdirda, ovqat tayyorlash uchun foydalanilgan 10 kub metr gaz narxi 4555,9 so‘m (hozirda — 4225,9, o‘sish — 7,8%), isitish uchun esa 2112,45 so‘m (1973,7, o‘sish — 7%) etib belgilandi.

Gaz uchun tariflar so‘nggi bor oktyabr oyida oshgan edi.