Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali joriy yildan o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarorida so‘z ketadi. Filial ochilishi to‘g‘risida davlat rahbarining 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroridaкo‘zда tutilgan edi.

Qaror joylarda kadrlar tayyorlash tizimini yaxshilash hamda muhandislik ta’limini rivojlantirish bo‘yicha jahon tajribasini hisobga olgan holda uning sifatini oshirishga yo‘naltirilgan.

Filial transport tizimlari va yo‘llar, ulardan foydalanish, kimyo texnologiyalari, bino va inshootlarni qurish, oziq-ovqat texnologiyasi, texnologik mashinalar va uskunalar, yengil sanoat texnologiyalari, shuningdek, ekologiya va sanoat xavfsizligi kabi sohalar uchun mutaxassislar tayyorlaydi.

Filial Termiz davlat universiteti qoshidagi Termiz akademik litseyi binolariga joylashtiriladi.