Olimjon axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. O‘zbekiston Prezidenti 29 iyun kuni shu haqdagi qarorini imzoladi, deb xabar qilindi davlat rahbari saytida.

Hozirgi vaqtga qadar Olimjon Umarov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot-kommunikatsion texnologiyalar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Avvalroq UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazida ishlagan.