Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-shartnoma asosida ta’lim olish (bakalavriat, magistratura) bahosi 2016/2017 o‘quv yili darajasida saqlanib qoladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu qaror O‘zbekiston Prezidentining 23 iyundagi «Respublika aholisini ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari turlari bilan kafolatli ta’minlashning kechiktirib bo‘lmaydigan choralari to‘g‘risida"gi qarorida tasdiqlangan.