26 iyun kuni Toshkentda 8 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi, xabar berdi poytaxt IIBB. Mazkur YTHlar oqibatida 11 kishi tan jarohatini olgan.

Toshkent shahar IIBB Yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan shu kuni jami 228 ta huquqbuzarlik aniqlangan bo‘lib, ulardan 48 tasi yo‘l harakati qoidalarining qo‘pol ravishda buzilishi, 3 tasi mast holda transport vositasini boshqarish bilan bog‘liq.

YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan bir kun davomida jami 1246 ta qoidabuzarlik qayd etilgan bo‘lib, shulardan 520 tasini svetoforning ta’qiqlovchi chirog‘iga bo‘ysinmasdan harakatlanish, 726 tasini belgilangan me’yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil qiladi.