Prezidentning 27 iyundagi farmoni bilan Bahromjon Norqobilov O‘zbekiston Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Bahromjon Norqobilov (1973 yilda tug‘ilgan) 2014 yildan buyon Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasiga rahbarlis qilib kelayotgan edi. Mamlakat rahbarining 1 iyundagi farmoni bilan uning bazasida Davlat veterinariya qo‘mitasi tashkil etildi.

Qo‘mitani tashkil etishdan maqsad veterinariya sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish, davlat veterinariya xizmatini rivojlantirish, veterinar xizmat ko‘rsatish darajasini oshirish hamda epizootik va oziq-ovqat xavfsizlikni ta’minlashdan iborat.