Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruvchilari 4 yoshli bolaning elektr go‘sht qiymalagichga tiqilib qolgan qo‘lini chiqarib olishdi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar qildi.

Hodisa Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanidagi Payshanba shahrida bo‘lib o‘tdi. Bolakay oshxonada qarovsiz holda o‘ynab o‘tirgan vaqtida qo‘lini go‘sht qiymalagich qisib qoladi.

Shundan so‘ng uning ota-onasi uni darhol Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining Samarqand viloyati filialiga olib borishadi. Shifokorlar bemorni ko‘rib, yordam ko‘rsata olmasligini aytishadi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat etishni tavsiya qilishadi.

Samarqand viloyati FVB xodimlari shifokorlar bilan hamkorlikda temir go‘sht qiymalagichni «bolgarka» yordamida kesib, bolaning qo‘lini chiqarib olishdi.