Kamol Abdulloyev O‘zbekiston Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi raisligiga tasdiqlandi. 21 iyun kuni Vazirlar Mahkamasi shu haqdagi qarorni qabul qildi, deb xabar berdi hukumat portali.

Yong‘oq ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilar uyushmasi yong‘oq ishlab chiqarish hajmini oshirish, zamonaviy plantatsiyalarni yaratish va sohaga intensiv texnologiyalarni joriy etish maqsadida Prezidentning 1 iyundagi qarori bilan tashkil etildi.

Samarqandda faoliyat ko‘rsatadigan uyushmaga Sam antep gilam (SAG), SAG agro, «MTP SAG agro» kompaniyalari, Yong‘oqchilik ilmiy tadqiqot markazi, Yong‘oq logistika markazi hamda Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan va Toshkent viloyatlaridagi hududiy «Yong‘oqagro» MCHJlar muassis hisoblanadi.

Kamol Abdulloyev SAG kompaniyasi rahbari hisoblanadi.

Foto manbasi — Potrebiteli.uz sayti.