Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 iyun kuni «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoyishni imzoladi.

Hujjat O‘zbekiston Konstitutsiyasining hayotdagi o‘rni va ahamiyatini keng targ‘ib etish, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuygusini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda Asosiy Qonun qabul qilinganining yigirma besh yillik sanasini keng nishonlash maqsadida qabul qilindi.

Hujjatda Konstitutsiyaning norma va tamoyillarining hayotga tatbiq etilishi, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik, sotsial-iktisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarga huquqiy zamin bo‘lib xizmat kilayotgan Asosiy Qonunning ahamiyatini hayotiy misollar bilan ochib berishga bag‘ishlangan turkum tadbirlarni tashkil etish va bu borada amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlash belgilandi.