O‘zbekiston vakillari 15−23 iyunda Tokioda bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar jahon chempionatida chempion va vitse-chempionlikka sazovor bo‘ldi, deb xabar qildi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Farhodbek Sobirov 94 kg gacha vazn toifasida umumiy 390 kg — dast ko‘tarishda 180 kg («oltin») va siltab ko‘tarishda 210 kg ga («oltin») natijaga erishdi. Belarus Yaugeni Sixansou umumiy 378 kg (dast ko‘tarishda — 171 kg, siltab ko‘tarishda — 207 kg) ko‘rsatkich bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Bronza medali sohibi eronlik Raxman Ouramex — 364 kg (dast ko‘tarishda — 159 kg, siltab ko‘tarishda — 205 kg) natijani ko‘rsatdi.

Farhodbek Sobirov chiqishining video lavhalari

77 kg gacha vazn toifasida Shahzod Xudaybergenov ikkikurashda umumiy 338 kg — 152 kg dast ko‘tarishda («bronza») va 186 kg siltab ko‘tarishda («kumush») natija ko‘rsatib, kumush medaliga sazovor bo‘ldi. G‘oliblikni kubalik Yeyson Lopes umumiy hisobda 356 kg (dast ko‘tarish — 161, siltab ko‘tarish — 195) natija bilan qo‘lga kiritdi. Rossiyalik Vyacheslav Yarkin — 335 kg (dast ko‘tarish — 152, siltab ko‘tarish — 183) bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Foto: iwf.net.