Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida 20−21 iyun kunlari «Xalqaro iqtisodiy taraqqiyot-2017» universal ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazma Turkmaniston Savdo-sanoat palatasi tomonidan ishtirokchi davlatlarning Savdo-sanoat palatalari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Ashxoboddagi Ekspomarkaz hududida o‘z mamlakatlarining ishlab chiqarish salohiyatini to‘la namoyon etishni maqsad qilgan o‘nlab mahalliy va xorijiy kompaniyalar yig‘ildi. Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi — iqtisodiy salohiyatni rivojlantirish va ishtirokchi davlatlar o‘rtasida savdo aloqalarini mustahkamlash.

Artel kompaniyasi o‘zining maishiy texnikalarini Eron, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Koreya va boshqa davlatlardan kelgan ko‘rgazma ishtirokchilari qatorida Turkmaniston xalqiga namoyish etdi.

Ko‘rgazmada Artel yirik maishiy texnikasining keng assortimenti, aynan esa — televizorlar, changyutkichlar, konditsionerlar, yarim avtomatlashtirilgan va to‘la avtomatlashtirilgan kir yuvish mashinalari, vitrinali muzlatkichlar, gaz plitalari, mikroto‘lqinli pechlar, mini pechlar, muzlatkichlar, oshxonadagi havo tortkichlar va elektr suv isitkichlar taqdim etildi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, Artel maishiy texnikasiga nafaqat Turkmaniston aholisi, balki yirik biznes vakillari ham yuqori darajada qiziqish bildirdilar. Kompaniyaning ko‘rgazma stendiga birinchi kundanoq ko‘plab ehtimoliy xaridorlar tashrif buyurdi. Artel kompaniyasi vakillari ko‘rgazmaga kelganlarga kerakli maslahatlarni berish, shuningdek, ularni qiziqtirgan savollarga javob qaytarishga tayyor edilar. Turkmanistonning Ashxobod bozorlarida Artel maishiy texnikasi hozirning o‘zida bor. Shuning uchun bunday ko‘rgazmada qatnashish — Turkmaniston aholisiga Artel mahsulotlarining keng assortimentini namoyish etish, shuningdek, ehtimoliy xaridorlarni maishiy texnikaning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirish uchun yaxshi imkoniyat.

Ko‘rgazma jarayonida yangi eksport shartnomalarini imzolash, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xorijiy bozorlarga yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Bunday ko‘rgazmalarda qatnashish nafaqat yurtimizning ishlab chiqarish salohiyatini namoyish etish, balki Made in Uzbekistan davlat brendini yirik mahalliy ishlab chiqaruvchilar, jumladan, Artel kompaniyasi orqali yanada ommalashtirishga zamin yaratadi.

Reklama huquqi asosida. Maxsulotlar sertifikatlangan.