«O‘zbekneftgaz» Milliy xolding kompaniyasi hamda O‘zbekiston neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmalari Respublika kengashi xoldingning yangi logotipi va shiorini yaratish bo‘yicha ochiq tanlovni e’lon qildi.

Tanlovda professional kompaniya va agentliklar bilan bir qatorda xususiy shaxslar ham ishtirok etishi mumkin. Taqdim etilgan ishlar o‘ziga xoslik va novatorlik, g‘oyaning chuqur ma’noga egaligi, kompaniya falsafasi, missiya va qadriyatlarini aks ettirishi hamda turli tashuvchilar bilan moslashuvchanligi kabi tamoyillar asosida baholanadi. Shior uch til: o‘zbek, rus va ingliz tillariga ham mos tushishi lozim.

Tanlov komissiyasi eng yaxshi 50 ishni tanlab olib, finalchilar o‘rtasida ochiq tanlov o‘tkazadi. Tanlov g‘olibi sovg‘a sifatida Chevrolet Spark avtomobiliga ega bo‘ladi.

Ishlar 21 iyulga qadar qabul qilinadi. Yakuniy natijalar 25 avgustga qadar o‘tkazilib, g‘olib 30 avgust kuni taqdirlanadi.