O‘zbekiston Prezidentining 21 iyundagi farmoniga muvofiq, Shuhrat Atabayev O‘zbekiston Markaziy banki raisi o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Shuhrat Atabayev (1978 yilda tug‘ilgan) mazkur tayinlovga qadar — 2015 yildan buyon O‘zbekiston Xalq banki raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi. Bank tizimida 2001 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda.

Toshkent Moliya instituti bitiruvchisi (2000 yil). Siyosiy fanlar milliy instituti (Yaponiya, 2005) va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan.