Hamdam Qarshiyev O‘zbekiston IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Postda» nashri xabar berdi.

Mazkur tayinlovga qadar Hamdam Qarshiyev 2016 yil sentyabridan adliya vaziri o‘rinbosari — Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy ta’minlash departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

2009 yilda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — tergov bo‘limi boshlig‘i, 2009−2013 yillarda Transportdagi Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — tergov boshqarmasi boshlig‘i, 2013−2016 yillarda Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.