O‘zbekiston Moliya vazirligi 15 iyunda Toshkent IES tomonidan poytaxt viloyatining Qibray tumani uchun ishlab chiqarayotgan issiqlik energiyasiga yangi tariflarni tasdiqladi. U 1 iyuldan kuchga kiradi.

Barcha iste’molchilar, jumladan ulgurji iste’molchi-qayta taqsimlovchilar va issiqxona xo‘jaliklari, shuningdek «Issiklik manbai» korxonasi uchun issiq suv va bug‘ga belgilangan yangi tarif 1 Gkal uchun 54470 so‘m etib belgilandi (amaldagi tarif — 42777 so‘m). Tarif QQSni ham o‘z ichiga oladi.

Yangi tariflar (№19−03−22−06-O'zR-24−2017 va №19−03−22−06- O’zR -25−2017)kuchga kirishi bilan 2015 yil 6 oktyabrdagi tariflar (19−03−22−05- O’zR -98−2015 i 19−03−22−05- O’zR -99−2015) o‘z kuchini yo‘qotadi.