«O‘zbekenergo» kompaniyasi boshqaruv raisi lavozimiga Jizzax viloyat hokimining sobiq o‘rinbosari Ulug‘bek Mustafoyev rahbar bo‘ldi, deb xabar qilindi viloyat ma’muriyatidan «Gazeta.uz"ga.

U 2016 yil sentyabridan energetika kompaniyasini boshqarib kelayotgan Fazlitdin Salomov bilan o‘rin almashdi.

Ulug‘bek Mustafoyev o‘tgan yildan beri viloyat hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

2010—2016 yillarda u O‘zbekiston Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari edi.