Sherzod Obloqulov Toshkent prokurori etib tayinlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati.

Bunga qadar — o‘tgan yilning martidan — Sherzod Obloqulov (1980 yilda tug‘ilgan) Sirdaryo viloyat prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Turli yillarda (2007−2011 yillar) Bosh prokuraturada prokuror va boshqarma katta prokurori, Navoiy viloyati Xatirchi tuman prokurori (2011−2013) va Jizzax viloyat prokurorining birinchi o‘rinbosari (2013−2016) lavozimlarida ishlagan.