13 iyun kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi, deb xabar qildi viloyat ma’muriyati «Gazeta.uz"ga.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev taqdimnomasi bo‘yicha apreldan Toshkent viloyati Bekobod tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Turobjon Jo‘rayev (1966 yilda tug‘ilgan) Samarqand viloyat hokimi vazifasini bajaruvchisi etib saylandi.

U moliya vaziri o‘rinbosari (2000−2004 yillar),xalq ta’limi vaziri (2004−2008 yillar), Surxondaryo (2008−2011 yillar) va Qashqadaryo viloyatlari hokimi (2011−2013 yillar) lavozimlarida ishlagan.

Samarqand viloyatining avvalgi hokimi Himmat Oqbo‘tayev Prezidentning hududga tashrifidan so‘ng vazifasidan ozod qilindi.