Toshkent ikkilamchi kvartira bozorining o‘rtacha narxlari may oyida bir oy avvalgiga nisbatan 3 foizga arzonlab, kvadrat metri uchun 550 dan 532 sh. b. ga tushdi. Bu haqda CREDO MAX ESTIMATION baholash kompaniyasi «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

May oyi yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli turdagi kvartilar narxi 3 foizga (585 dan 567 ga), panel turdagilari ham 3 foizga (520 dan 507 ga) arzonlashdi. Xonalar soniga nisbatan narx takliflari quyidagicha: bir xonali kvartiralar — 520 sh. b. (-3%), ikki xonali — 514 (-2%), uch xonali — 549 (-2%), to‘rt va undan ortiq xonali — 563 (-2%).

Bu boradagi to‘liq ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.