Toshkentda tuman oilaviy va markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalar kunu tun texnik jihozlangan podstansiyalardan foydalangan holda tez, shifoxonaga yotqizishgacha va shoshilinch tibbiy yordamni ko‘rsatadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining 6 iyundagi qarorida so‘z boradi.

Poytaxt hokimiyati har bir shunday poliklinikalarni ikkitadan ixtisoslashtirilgan avtomobil bilan ta’minlaydi. Shoshilinch tez tibbiy yordamdan tashqari, ular profilaktik va patronaj ishlarni yaxshilash maqsadlarida ham foydalaniladi.

Toshkentdagi tuman oilaviy va ko‘p tarmoqli poliklinikalar rahbarlari hamda mutaxassislari har chorakda biriktirilgan aholi oldida va Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi sessiyalarida kamchiliklarni bartaraf etish va manzilli birinchi tibbiy-sanitar yordam samaradorligini oshirish bo‘yicha hisobot beradi.

2017−2018 yillar yakuni bo‘yicha maxsus komissiya bunday ishlardan to‘plangan tajribalarni mamlakatning boshqa shaharlariga ham tarqatish to‘g‘risida takliflarini taqdim etishi mumkin.