Botir Kudratxodjayev O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi.

6 iyun kuni O‘zbekiston Prezidenti tegishli farmonni imzoladi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Botir Kudratxodjayev 2016 yil avgustidan Toshkent shahar prokurori, ungacha esa Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi O‘zbekiston Prezidentining 29 maydagi farmoniga muvofiq tashkil etilgan edi. Mahkama energoresurslar uchun to‘lovlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirilishiga javob beradi.