O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari o‘rtoqlik uchrashuvida Tailand jamoasi ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. 6 iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 2:0 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvning 68-daqiqasida hujumchi Temurxo‘ja Abduholiqov jamoani oldinga olib chiqqan bo‘lsa, qo‘shimcha vaqtda yarim himoyachi Sardor Rashidov jarima maydonchasidan tashqarida turib raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Eslatib o‘tamiz, Samvel Babayan jamoasi kelgusi uchrashuvni 12 iyun kuni 2018 yilgi jahon chempionati Osiyo saralash bosqichi sakkizinchi turi doirasida Eronga qarshi o‘tkazadi.

Video