Alisher Xo‘jayev va Kamoliddin Eshonxo‘jayev Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosarlari bo‘ldi.

Alisher Xo‘jayev 2005 yildan 2017 yil fevraliga qadar Milliy teleradiokompaniyaga rahbarlik qilgan.

Kamoliddin Eshonxo‘jayev muqaddam xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va маданий­маърифий aloqalar jamiyatlari kengashi raisi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi may oyida Respublika baynalmilal madaniyat markazi va O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va маданий­маърифий aloqalar jamiyatlari kengashi negizida tashkil etilgan edi.